O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Jismoniy sog’lom,ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu esa talabalarning ijtimoiy daxldorlik fazilatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, ijtimoiy faollikni takomillashtirishni talab etadi.
Oliygohda bo’lib o’tgan Pedagogika-psixologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abdullayev Sobirjon Soxib o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengashida ham “Ta’lim jarayonida talabalarda ijtimoiy dahldorlik fazilatini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) muvaffaqiyatli 100% himoya qildi.