“UNIVERSITET OLIMPIADASI”
11:03, 11.04.2023
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi“Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4805-sonli qaroriga muvofiq Farg‘ona viloyatining umumta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanlaridan ko‘p bosqichli “Universitet olimpiadasi” o‘tkazilmoqda.
Universitet olimpiadasining navbatdagi bosqichi viloyatimizning quyidagi hududlaridagi maktablarida bo'lib o'tmoqda. Xususan, Kimyo va Biologiya fanlari bo’yicha:
- -Qoʻshtepa tumani 9-sonli Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida;
- -Beshariq tumani umumta’lim maktablarida;
- -Buvayda tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabida;
- -Dang'aratumanidagi 2-sonli Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida;
- -Bag'dod tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida;
- -Qo'qon shahridagi 14-sonli umumta'lim maktabida;
- -O'zbеkiston tumani 18- umumta’lim maktabida;
- -Toshloq tumanidagi2-sonli umumta’lim maktabida;
- -Oltiariq tumanidagi 4-sonli Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida;
- - Uchko'prik tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida;
- -So'x tumani 1- sonli umumta’lim maktabida;
- -Quvasoy shahar 1- sonli Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida;
- -Quva tumani 9-sonli umumta’lim maktablarida, shuningdek, Fizika fani bo’yicha:
- -O‘zbekiston tumanidagi 18- sonli umumta’lim maktabida;
- -Yozyovon tumanidagi 39- sonli umumta’lim maktabida;
- -Quvasoy shahar 1- sonli Ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida;
- -Farg'ona shahar 13- sonli umumta’lim maktabida;
- -Furqat tumani 37- sonli umumta’lim maktabida;
- -So'x tumani 1- sonli umumta’lim maktabida;
- -Marg'ilon shahar 25- sonli umumta’lim maktabilarida olimpiada sinovlari o’tkazildi.