Sport mashg'ulotlarida – sog'likni mustahkamlash va ma'naviy tarbiya talablari, shaxsni har tomonlama garmonik rivojlantirish; sport texnikasi va taktikasini egallash; tanlangan sport turiga xos jismoniy, ruhiy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish, sport gigienasi va o'z-o'zini nazorat qilish sohasida amaliy va nazariy bilimlarni egallashdan iborat. Sport mashg'uloti davomida faqat yuqori mahoratnigina egallamasdan, sog'ligini mustahkamlash, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, serunum mehnat va himoyasi uchun zarur bo'lgan hayotiy zaruriy malakalarni egallash vazifalari hal qilinadi.
Agrar qo‘shma fakultetida ham “Sport - salomatlik kuni” munosabati bilan 7-sonli talabalar turar joyidagi “Erta tongni sport bilan birga qarshi ol!” shiori ostida talabalar ishtirokida tongi badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. Erta tongda qilingan gimnastika mashqlari va musiqali raqs talabalarning kun davomida darslarda tetik va hush kayfiyatda bo‘lishlariga xizmat qiladi. Fakultetda bu kabi sport tadbirlari davom etmoqda.