Pedagogik taʼlim sohasini yanada takomillashtirish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega yuqori malakali kadrlar yetkazib berish borasida oʻtkazilgan tahlil natijalari avvalo taʼlim sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatiga eʼtiborni kuchaytirish, sohada ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etish, pedagogik taʼlim infratuzilmasini yaxshilash zarurligini koʻrsatmoqda.
Farg’ona davlat universitetida taʼlim-tarbiya tizimini yangi bosqichga koʻtarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilgʻor xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, "Maktabgacha va boshlang’ich ta'lim" fakultetida 2022/2023-o'quv yili birinchi yarmi natijalari hamda kafedraning milliy reyting bo'yicha asosiy ko'rsatkichlari tahlili yuzasidan fakultet kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda joriy semester yakuni tanqidiytahlil qilindi.