Bugun yurtimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yangilanayotgan Konstitutsiyada ham ko‘plab soha va yo‘nalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Fuqarolik ishlari bo'yicha Farg'ona tumanlari sudi sudyasi Anvarov Sanjar va Tarix fakultetining talabalari ishtirokida"Yangilanayotgan Konstitutsiya : Davlat yoshlar himoyachisi " mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda davlat yoshlarni o‘z himoyasiga olishi masalasi alohida qayd etib o’tildi. Shuningdek, yangi konstitutsiyada yoshlar huquqlari aks etayotgan alohida moddaga ko‘ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish hamda davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi belgilanganligi kabi bir qator huquq va erkinliklari xususida to’xtalib o’tdilar.