Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​PROKUROR SOATI

11:26, 13.04.2023      

Yoshlarimizning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berish oldimizdagi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalardandir. Zero, bugungi globallashuv va keskin raqobat davri, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojaro va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar shu Vatanga daxldor barcha fuqarodan doim ogoh va hushyorlikni talab etmoqda. Ona yurt daxlsizligini sidqi dildan himoya qilayotgan O‘zbekiston Rеspublikasi Qurolli kuchlarida so’nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar yuzasida Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakultetida kursantlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Unda Farg‘ona shahar garnizoni harbiy prokurorining katta yordamchisi, Adliya podpolkovnigiN.G‘.Boyxonov va 3-bosqich talabalari ishtirokida “O‘zbekiston Rеspublikasi Qurolli kuchlari tarixi, sohada so‘ngi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar” mavzusida “Prokuror soati” o‘tkazildi.