Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​XALQARO HAMKORLIK

11:29, 13.04.2023      

Qatag‘onlarni xotirlash va e'zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida Farg’ona davlat universiteti tuzilmasida tashkil etilgan "Qatag‘on qurbonlari" xotira muzeyi ayni kunlarda universitetning xalqaro miqyosdagi hamkorlari bilan gavjum.

Jumladan, Rossiya Federatsiyasining A.S.Pushkin nomidagi Moskva davlat institutining Bolalar adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi- Petrivnyaya Yelena Kapitovnona va Jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Iyulskaya Yelena Genadievnalar oliygohning "Qatag‘on qurbonlari" xotira muzeyiga tashrif buyurdilar va muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Xususan, muzeyning “Universitet tarixi va bugun”, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi”, “Paxta ishi”, “Mustaqillik davri” kabi bo’limlari xalqaro hamkorlarimizning diqqat markazida bo’ldi.