Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“BUYUK TEMUR”

12:41, 13.04.2023      

Buyuk bobokalonimiz har doim "insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalq ham ulug'laydi", degan hikmatli so'zlarni takrorlashni xush ko'rgan va o'z hayoti davomida bunga qat'iy amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob-axloq, iymon-etiqod, ta'lim-tarbiya sohasida o'zi yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biridir.

Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san'ati ko'p asrlar davomida Sharq va G'arb davlatlariga o'rnak va andoza bo'ldi. Uning zamonida madaniyat, ilm-fan, me'morchilik, tasviriy san'at, musiqa she'riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko'p an'analari takomiliga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din ahillariga ko'rsatgan cheksiz mehr-muruvvati ayniqsa ibratlidir.

Amir Temur tavalludining 687-yilligiga bag'ishlangan tadbirlar doirasida Tarix fakultetining Sotsiologiya kafedrasi professor- o'qituvchilari va talabalari ishtrokida Farg'ona shahridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida “Buyuk Temur” mavzusida tadbir o'tkazildi.