Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ENG YAXSHI KITOBXON TALABA

11:47, 14.04.2023      

Talabalar o'rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini targ'ib qilish orqali yoshlarimizni hartomonlama sog'lom va barkamol etib tarbiyalash,ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste'dodli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi kitobxon talaba” Respublika ko‘rik tanlovinining Farg’ona davlat universitetida fakultet bosqichi davom etmoqda.

Ushbu ko’rik tanlov doirasida Tarix hamda Pedagogika-psixologiya fakultetlarida bo’lib o’tdi.

Unda talaba-yoshlari uchta shart bo’yicha bellashdilar:

Birinchi shart: O‘zbek adabiyotining taniqli yozuvchi va shoirlarining hayoti va ijodi, ularning badiiy-publististik asarlari bo‘yicha 50 ta savoldan iborat test sinovlari;

Ikkinchi shart : “Men yoqtirgan asar” mavzusida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma`lumotlar – annotatsiya.

Uchinchi shart: “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti: bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni amalga oshirildi.