Qadim zamonlarda xalqlarda yoshi, turmush tarzi va e'tiqodidan qat'iy nazar ishtirokchilar o'rtasida otda yurish, otda chopish va poyga, tosh ko'tarish musobaqalari, kamondan o'q uzish kabi qizg'in, kuch talab qilinadigan o'yinlar tashkil qilingan. Shuningdek, xalq orasida ko'pkari, kurash va boshqa turdagi milliy o'yinlar keng tarqalgan.
Ming afsuski fuqarolarimiz ayniqsa, yoshlar orasida pul tikib, turli parranda va hayvonlarni urishtirib qimor o'ynash holatlari kuzatilmoqda.
Talaba-yoshlarni qumor o’ynash orqali turli jinoyatlarga aralashib qolishlarini oldini olish maqsadida Harbiy ta'lim fakultetida Farg‘ona shahar garnizoni harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya podpolkovnigi N.G‘.Boyxonov, Farg‘ona shahar Xo‘jam-Berdiboy masjidi imom xatibi Xusniddin domla Tursunzoda va Farg‘ona davlat universiteti profilaktika inspektori kapitan G'.Mirzaevlar hamda fakultet jamoasi ishtirokida “Qimor va tavakkalchilikka asoslangan turli o‘yinlarni qonunga hilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik hamda uning huquqiy oqibatlari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.