Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“KITOBXON TALABA” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI

15:54, 15.04.2023      

Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran koʻz bilan qaraydi. Eʼtibor bergan boʻlsak, soʻnggi vaqtlarda yosh avlod, bolalar internet va turli ijtimoiy tarmoqlarga qiziqib ketib, koʻp kitob oʻqimay qoʻygan edi. Bu bilimsizlikdan darak beradi. Bugun vatanimiz jadal rivojlanayotgan bir davrda ajdodlarimiz, donolar fikrida oʻz aksini topgan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga boʻlgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishida kitob mutolaasining oʻrni beqiyosligini anglagan holda, Universitetida keng miqyosda “Kitobxon talaba” tanlovi bo'lib o'tdi va mazkur tanlovning fakultet bosqichida 350 nafar talabalar ishtirok etdi.

Bunda 14 ta fakultetdan 1-o‘rinni olgan 14 nafar talabalar saralandi.

Universitet bosqichda Hakamlar Hay’ati a’zolari talabalarni uchta shart bo‘yicha (1-shart test, 2-shart annotatsiya mahorati, 3-shart kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish) sinovdan o‘tkazdi.

Natijalarga ko'ra, tanlovning universitet bosqichida:

  • -Filologiya fakulteti O‘zbek tili yo‘nalishi 3-bosqich 20.97-v guruh talabasi Z.Toshmirzayeva 1-o‘rinni,
  • -Agrar qo‘shma fakulteti Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari yo‘nalishi4-bosqich 19.69-guruh talabasi D.Allaberdiyeva 2-o‘rinni,
  • - San’atshunoslik fakulteti madaniy tadbirlarni tashkil etish va boshqaruv yo‘nalishi2-bosqich 21.29-guruh talabasi Donoyev Xudaymurod Jovli o‘g‘li 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.