Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

ILMIY XABARLAR

10:49, 17.04.2023      

Mamlakatimizda so’nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo’yishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga xalollik standartlarini joriy etish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyatni korrupsiyadan himoya qilishning ijtimoiy-falsafiy qarashlari yuzasidan Farg’ona davlat universitetida ilmiy ish himoyasi bo’lib o’tdi. Unda Sirtqi ta’lim bo’limi, Ijtimoiy-gumanitar kafedrasi o’qituvchisi, Soxibov Saloxiddin Anvar o’g’lining 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha «Jamiyatda korrupsiyadan xavfsizlik: ijtimoiy-falsafiy tahlili» mavzusidagi falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.