Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

DAVRA SUHBATI

11:04, 17.04.2023      

Maqola — publitsistik janr. Unda ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtirilad. Davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi. Xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola, muammoli maqola keng qoʻllanadi.

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida tashkil etilgan davra suhbatining mavzusi talabalarning maqola yozish sirlariga bag’illandi. Unda fakultetning O‘zbek tili yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirok etib, talabalarga nazariy maqola va targʻibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplari ekani; ilmiy maqolaning vazifasi esa fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat ekani, shuningdek,muammoli maqola munozara va bahslashuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlashi to’g’risidagi ma’lumotlar yetkazib berildi.