Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson va uning qadr-qimmati uchun xizmat qilayotganini bugun barchamiz oʻz hayotimiz misolida koʻrib, anglab, his qilmoqdamiz. Oʻtgan besh yil mobaynida “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan ezgu tamoyil asosida boshlangan oʻzgarishlar odamlarimizni qiynab kelayotgan muammolarga barham berib, ularda rozilik hamda minnatdorlik hissini uygʻotmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Sirtqi bo'limi talaba-yoshlari ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida referendumni tashkil etish va o‘tkazishning huquqiy asoslari» hamda «O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy islohotning ahamiyati» mavzularda tabdir o'tkazildi.