Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“OGOHLIK DAVR TALABI”

10:18, 18.04.2023      

Giyohvandlikka qarshi kurash ayni paytda dunyodagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Afsuski, mazkur illat jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Bu borada Farg’ona davlat universitetida tizimli ishlar olib borilmoqda. Talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish hamda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish maqsadida, ayni paytda oliygohda giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xususan, Pedagogika-psixologiya fakultetida talaba-yoshlar o'rtasida "Ogohlik davr talabi" mavzusida tadbir o'tkazildi. Unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning iste’moli hamda noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish muhim ekanligi mutaxassislar tomonidan qayd etib o’tildi. Shuningdek ushbu muammolarning oqibatlari, ularni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifa va chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tishdi.