Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

“DEKAN SOVRINI” SPORT MUSOBAQALARI

10:55, 18.04.2023      

Sport – bu sogʻliq, sport bu yoshlik, u shahdu shijoat, barkamollik va yetuklik demakdir. Shuning uchun ham mamlakatimizda sport ravnaqiga, xalqimizni sportga ommaviy tarzda keng jalb etishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar sifatida ulgʻaytirishga yuksak darajada eʼtibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yoʻnalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar oʻrtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishda ham muhim oʻrin tutadi.

Farg’ona davlat universitetida ham bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Talaba-yoshni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo’lib, unda minglab yoshlar o’rtasida sportning turli yo’nalishlari bo’yichamusobaqalar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Filologiya fakultetida an’anaga muvofiq “Aprel – salomatlik oyligi” doirasida fakultet dekani sovrini uchun sport musobqalariga start berildi.