Yigirma birinchi asr taraqqiyot asri bo’lishi bilan bir qatorda, jiddiy glabal muammolari bilan insoniyatni xavotirgasolayotgani ham sir emas. Shunday global muammolardan biri "Odam savdosi ”dir. Ularni yuksak aql-idrok, aniq va chuqur o’ylanganamaliy chora-tadbirlar, taklif va tashabbuslar orqali hal etish bugungi kunda jahon hamjamiyati oldida turganvazifalaridan biri bo’lib qolmoqda.
Insonlar hayotiga jiddiy xavf tug’dirayotgan mazkur muammoni yuzaga kelishini oldini olish borasida Farg’ona davlat universitetida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oliygohning profilaktika ishlari noziri, podpolkovnik M.Kamolova fakultetlar doirasida talaba-yoshlarbilan uchrashib, odam savdosiga va unga qarshi kurashish bo’yicha profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari olib bormoqdalar.
Jumladan, Tarix fakulteti hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetilarida "Odam savdosi - davr muammosi" mavzusida talabalar bilan davra suhbati olib bordi.