Kitob – eng odil doʻst, beminnat muallim, bebaho xazina. Dunyodagi eng zoʻr kashfiyot ham kitobdir. Kitob boʻlmaganda buyuk kashfiyotlarning qay biri ixtiro qilingan boʻlar edi? Kitobga yoʻldosh inson hayotning har qanday sinovini tafakkur bilan yengib oʻta oladi. U ong va qalb ehtiyojini qondiribgina qolmay, ruhni ham tarbiyalaydi, insonni shaxs sifatida shakllantiradi. Kitobxonning maʼnaviyatida boʻshliq boʻlmaydi.
Mutolaa insonni hamisha maʼnan yuksaltirgan. Bugungi axborot asrida yoshlarimizning kitobga oshnoligi, mustaqil fikrlay olishi, mustahkam hayotiy pozitsiyaga egaligi kishini quvontiradi.
“Kitobxon talaba” Respublika ko’rik-tanlovining universitet bosqichi doirasida Farg’ona davlat universitetining barcha fakultetlarida saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Jumladan, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti, hamda Agrar qo‘shma fakulteti talaba –yoshlari o’rtasida "Kitobxon talaba" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.