Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida yoshlarning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi... Bu esa, davlat tomonidan yoshlarning mamlakat manfaatlari yoʻlida erkin ijtimoiylashuvi va oʻzini samarali namoyon etishi uchun maqbul sharoit va imkoniyat yaratish hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi yoshlarga oid davlat siyosatini anglatadi.
Mamlakatimizda yoshlarga oid turli intellektual o’yinlarni tashkil etilishi mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni kashf etishga zamin yaratmoqda. Farg’ona davlat universitetining “Zakovat” intellektual o’yinlar klubi ana shunday yosh intellekt sohiblari bilan gavjum.
Xususan, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti 1-,2-bosqich talabalari oʻrtasida, Tarix fakulteti talaba-yoshlari, shuningdek,Ingliz tili va adabiyoti fakultetining 2-, 4-bosqich talabalari ishtirokida "Zakovat" intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.