Bugun talaba nafaqat mutaxassis, balki iqtidor, iste’dod, kerakli hunar egasi hamdir. U o’z qiziqishini namoyon qilishni, yuqori marralarni egallashni va erkin ijod bilan shug’ullanishni istashi tabiiy.
Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov ham oliygohning Agrar qo'shma fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashib, ularning orzu –intilishlari bilan qiziqdi.
Ochiq muloqot tarzida o’tgan ushbu uchrashuvda rahbar yoshlar bilan erkin muloqot olib borgan holda, ularning dunyoqarashlari, bilimi, kelajakdagi maqsadlari bilan qiziqdi.
Muloqot davomida yoshlar universitet rahbaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, bildirgan murojaatlariga ham yechim topdilar.