Iqtidorli va tadbirkor yosh olimlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularning biznes loyihalari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli talaba-yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida bugun Farg’ona davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetida “Biznes marafon” motivatsion trening tashkil etildi.
Mazkur treningda yoshlar, fakultet jamoasi, professor-o'qituvchilar, talabalar amaliyoti bilan ishlash bo'limi, viloyatdagi yirik tadbirkorlik subyektlari va markazlari, savdo-sotiq palatasi, monomarkaz rahbarlari va bank tizimi vakillari ishtirok etdilar.