Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

“MEHR ULASHAYLIK!”

09:09, 20.04.2023      

Ma’lumki, bugungi kunda yurtimizning barcha sohalarida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida islohotlar yangi bosqichga chiqdi. E’tiborlisi, ushbu yangilanishlarda “Inson qadri uchun” tamoyili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida jamiyatimizda insonparvarlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak fazilatlarni kamol toptirish maqsadida “mehr ulashaylik!” shiori ostida ezgu tashabbus hamda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Unda tyutorlari va talabalari shahardagi mahallalarda istiqomat qilayotgan keksalar, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olmoqdalar.