Ma’naviyatimizning ko’hna sarchashmalaridan biri bo’lgan “Avesto”da insoniyat va uning taraqqiyoti bilan bog’liq tasavvurlar, ma’naviy-ruhiy va axloqiy mezonlar, olamni, tabiatni bilishga bo’lgan ehtiyoj va intilish insondagi eng oijanob, pok fazilatlar ifodalanishi bilan bir qatorda, oila asoslari, tuzilishi, tarkibi, oila ma’naviyati, ota-onalarning oiladagi mavqeilari, oiladagi ayol erki, burchi va huquqlari yuksak ma’naviy va axloqiy mezonlar asosida tavsiflangan.
Sharq xalqlarida tarbiya borasida ulkan ma’naviy meros yaratilgan. Bu meros asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga o’tib sayqallanib yosh avlodni barkamolligini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda. Ana shunday an’analarimizdan biri ayollar, onalar, xotin-qizlar tarbiyasidagi boy pedagogik tajribadir. Qizlar tarbiyalayotgan oilalar millat kelajagiga mas’ul eng katta tarbiyachilar hisoblanadi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni, avvalo oilada shakllanadi.
Farg’ona davlat universitetining San'atshunoslik fakultetida talaba-qizlar ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda ham jamiyatda xotin-qizlarning o’rni hamdaodob-axloq qoidalari yuzasidan “Qiz bola odobi bilan go’zal!” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.