Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABARLAR

12:38, 25.04.2023      


Soʻnggi yillarda mamlakatimizda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunning ijrosini taʼminlash maqsadida,muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish va ular maydonini xalqaro hujjatlar talablari darajasiga yetkazishning tashkiliy-huquqiy asoslarini ishlab chiqish hamda sohaning moliyaviy manbalari aniqlashga oid bir qator yangicha yondashuvlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Farg’ona davlat universitetining Geografiya kafedrasi dotsenti Abdug‘aniyev Olimjon Isomiddinovich tomonidan 11.00.05–Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ixtisosligi bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini takomillashtirish va ulardan foydalanishning geoekologik asoslari(Farg‘ona vodiysi misolida)” mavzusidagi dissertatsiya O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qilindi.