Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​TAHLIL VA TANQID – KELAJAK MEVASI

12:38, 26.04.2023      


Farg'ona davlat universitetida ilmiy salohiyatni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligini o'rganish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda fakultetlar dekanlari, kafedralar mudirlari, professor-o'qituvchilar, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Kun tartibida ta'lim sifati, universitetning ilmiy salohiyati, milliy va xalqaro reytingning yuqori pog'onalaridan o'rin egallash bo'yicha qilinayotgan ishlar, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, iqtiboslik, chop etilayotgan monografiyalar, uslubiy monografiyalar ko'lami, "ustoz-shogird" tarziga tashkil etilayotgan ishlarning borishi, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'ldi. Ushbu yo'nalish bo'yicha ko'rsatkichlar va natijalar - kafedralar kesimida birma-bir muhokama etildi.

O'zaro muloqot qismida jamoaning kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar, kelgusi rejalar belgilandi.