Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​“ILM-ZAKOVATIMIZ – SENGA, ONA-VATAN!

12:41, 26.04.2023      

Talaba-yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ilmga bo'lgan intilishlarini kuchaytirish, yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini yoritib borish maqsadida respublikamizning turli Oliy ta’lim muassasalari hamda universitetimizning talaba-yoshlari, doktorantlari va yosh olimlari ishtirokida Farg’ona davlat universitetida “Ilm-zakovatimiz – senga, ona-Vatan!” shiori ostida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada ishtirokchilar o’zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarida erishilgan fundamental, amaliy natijalari bilan faol qatnashdilar. Anjuman o'z ishida 70 ga yaqin talabalar, 20 nafar magistrantlar, 30 ga yaqin yosh olimlar va doktorantlarni jamladi. Konferensiyaga aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisod fanlari bo‘yicha 294 ta ilmiy materiallar kelib tushdi.

Anjuman doirasida yosh tadqiqotchilarning ilmiy-innovatsion loyihalari taqdimoti ham namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarning yurtimizda kutilayotgan muhim siyosiy jarayon - referendum bo'yicha qarashlari, munosabatlari tinglandi.