Kitob bamisoli quyoshdir, u inson ongu shuuriga jo bo‘lib, uni ulug‘vor maqsadlar, bunyodkorlik ishlari sari yetaklaydi. Shu bois ham u aql chirog‘i, tafakkur qanoti, maqsadlar mayog‘idir.
Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, yurtimizda yoshlar o’rtasida an’anaga aylangan Respublika “Yosh kitobxon” ko’rik-tanlovi har yili milliollab yoshlarni o’ziga jalb etmoqda.
Ayni kunlarda ushbu musobaqalarning viloyat bosqichlari o’tkazib kelinmoqda. Jumladan, Farg'ona viloyati oliy ta'lim muassasalari yoshlari o’rtasida tashkil etilgan “Kitobxon talaba” ko’rik-tanlovining 3-bosqichi Farg'ona davlat univеrsitеtida bo’lib o’tdi. Yakuniy natijalarga ko'ra,
1-o'rinni Farg'ona davlat univеrsitеti talabasi Z.Toshmirzayеva,
2-o'rinni Qo'qon davlat pеdagogika instituti talabasi D.Sotiboldiyеva,
3-o'rinni Farg'ona politеxnika instituti talabasi M.Abduvaliyеva egalladi.