Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

​ILMIY HAMKORLIK

14:32, 26.04.2023      

Ilmiy samaradorlikning yuqori boʻlishi ilm-fanning rivojlanishi va texnika yutuqlari nechogʻlik keng qoʻllanilishiga bogʻliq. Bu borada Farg’ona davlat universiteti olib borilayotgan ilmiy hamkorlik memorandumlarining o’rni beqiyosdir.

Xususan, Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti professor - oʻqituvchilari O.Fozilova hamda D.Buzrukovalar hamda Oltiariq pedagogika kolleji oʻqituvchilari bilan hamkorlikda “Maktabgacha taʼlim tizimiga yangi oʻquv adabiyotlarni tayyorlash va joriy etish” mavzusida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda o’zaro hamkorlik masalalari, ilmiy aloqlarni rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalarni rejalashtirish hamda ilmiy maqolalarni chop etish kabi masalalar boʻyicha fikrlar almashinildi. Shuningdek, kelajakda oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borish boʻyicha ishlar rejalashtirib olindi.