Sport – bu sogʻliq, sport bu yoshlik, u shahdu shijoat, barkamollik va yetuklik demakdir. Shuning uchun ham mamlakatimizda sport ravnaqiga, xalqimizni sportga ommaviy tarzda keng jalb etishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlodni har jihatdan yetuk va komil insonlar sifatida ulgʻaytirishga yuksak darajada eʼtibor qaratilmoqda.
Yoshlar sportini yanada rivojlantirish maqsadida Farg’onaning gavhari Qo’qon shahrida oʻzbek-qirgʻiz yoshlari oʻrtasida“Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalari bo’lib o’tdi.
Unda nafaqat viloyatimizdagi, balki, qo’shni davlat Qirg’iziston Respublikasidan tashrif buyurgan sportchi talaba-yoshlar ham faol ishtirok etdi.
“Talabalar spartakiadasi” sport musobaqalarini ochilish marosimiga Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov tashrif buyurdi.
Mazkur sport musobaqalarida Farg’ona davlat universiteti sportchi yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda!