Ma’lumki, Respublikamizda Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirish hamda “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), ilmiy laboratoriyalarni ishlash metodikasini oʻzlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish bo’yicha xalqaro hamkorliklar keng yo’lga qo’yilmoqda.
Xususan, Farg’ona davlat universitetida ham bir qator xorijiy oliy o’quv yurtlar bilan hamkorliklaryo’lga qo’yilgan.Ushbu xalqaro hamkorliklar doirasida ayni kunlarda Pedagogika-psixologiya fakultetining Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Zokirova hamda mazkur kafedra o‘qituvchisi Sh.Ibragimovalar Qozog’istonning Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetiga malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar.