Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​“UNIVERSIADA-2023” SPORT MUSOBAQALARI

12:32, 28.04.2023      

Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb qilish, fuqarolarning sog‘lom turmush tarzi ko‘rsatkichlarini oshirish hamda aholi salomatligini saqlash va yaxshilash maqsadida «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmonining imzolanishi aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol bilan bir qatorda “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) sportning ustuvor turlaridan biri sifatida belgilanishiga zamin yaratdi.

Ayniqsa, ommaviy sportni rivojlantirishda “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) turlariga alohida urg‘u berilgani bejiz emas. Workout (mahalla va ko‘cha fitnesi) ishlash va yashash joyi uchun yaqin bo‘lgan hududda istalgan vaqtda, hech qanday sarf-xarajatsiz shug‘ullanish imkonini beradi.

Toshkent shahrida bo'lib o'tgan "Universiada - 2023" musobaqalari doirasida sportning Street Workout turida Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari jamoaviy ishtirok etib, "Eng kuchli jamoa" nominatsiyasini qo'lga kiritdilar.