Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​XALQARO HAMKORLIK

12:54, 28.04.2023      

Yurtimizda oliy ta’lim sohasida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatadigan oliy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama munosabatlar ko‘lamlarini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda turli yo‘nalishlar bo‘yicha, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma ta’lim muassasalari va dasturlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, talabalar almashuvini tashkil etish alohida o‘rin tutadi.

Ayni kunlarda xalqaro hamkorliklar doirasida Farg'ona davlat universitetining gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha chet tillari kafedrasi o‘qituvchisi M.Zaylobiddinova Buyuk Britaniyaning Harrogeyt shahridatashkil etilgan xalqaro ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘qituvchilar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etib va Lidsuniversitet talabalariga seminar mashg'ulotlarini olib bormoqda.