Universitet Kengashining 9-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish avvalida ilmiy yutuqlarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilar munosib taqdirlandilar.
Moliya kafedrasi dotsenti - Tadjibayev Zakir Malikovich - iqtisodiyot fanlari doktori (DSc);
Tarix fakulteti dekani - Jurayev Xusniddin Pazlitdinovich - dotsent;
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti dekani- Saidov Ixtiyor Mizrabovich-Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
O‘zbekiston tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi - Akbarov Ravshan Xalimovich- Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Fizika kafedrasi o‘qituvchisi- Dehqonova Qizlarxon Qosimjonovna-
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi - Soliyev Farhodjon Sodiqovich-
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Falsafa kafedrasi katta o‘qituvchisi - Toirov Ilxom Yoriyevich- Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo'ldilar.
Mazkur yig'ilish kun tartibida ilmiy kеngash tarkibiga o'zgartirish kiritish, yo'riqnoma hujjatlar ijrosi, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarlikka qarshi kurashish hamda talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish tadbirlari, ta'lim jarayoniga raqamli tеxnologiyalarni tatbiq etilishi, bitiruvchi kurslarning davlat attеstasiyasiga tayyorlash jarayonidagi vazifalar, kafеdralarni ilmiy salohiyatli kadrlar bilan ta'minlashdagi asosiy ishlar, shuningdek turli tashkiliy masalalar muhokama etildi.