Universiada musobaqalarida nafaqat sportchilar soni oshmoqda, balki qo‘lga kiritilgan medallar soni, mamlakat rekordlari o‘rnatilmoqda. O‘zbekistonning boks, erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo, shaxmat, badiiy gimnastika, og‘ir atletika, stritbol bo‘yicha yosh sport tarbiyalanuvchilari xalqaro musobaqalarda o‘z mahoratlarini yaqqol namoyon etib, bu borada mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini isbotlab berishmoqda.
Ayni kunlarda Andijon viloyatida o‘tkazib kelinayotganUniversiada -2022 sport musobaqalarining Respublika bosqichida sportning stritbol turidan faxrli birinchi o‘rinni egallagan Farg‘ona davlat universiteti jamoasi talaba-qizlari Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi tomonidan tantanavor kutib olindi va erishgan yutuqlari munosib taqdirlandi.