Tajribali psixologlar allaqachon biznesning psixologiyasi nimani anglatishini oldindan bilib oldilar. Ilmiy nuqtai nazardan, bu jamiyatning rivojlanish shartlarini hisobga olgan holda, sotsiologiya, iqtisodiyot va sof psixologiya asoslarini o'zlashtirgan yosh psixologiya bo'limi. Amaliy foydalanish nuqtai nazaridan biznes-psixologiya - bu mahorat.
Ayni kunlarda Farg’ona davlat universitetida 2023 yil 1 maydan boshlab Tomsk davlat Milliy-tadqiqot universitetining "Shaxs psixologiyasi" kafedrasi dotsenti Smetanova Yuliya Valeryevna "Psixologiya" yo'nalishi talabalari uchun "Biznes psixologiyasi" kursini boshladi.
Talabalar biznes psixologiyasining rivojlanish tarixi, fan mavzu baxsi, bugungi kundagi dolzarb muammolari bilan tanishdilar. Biznes psixologlari faoliyat yuritadigan psixologik muammolarning o'ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'ldilar. Biznes psixologiyasi kursi 6 maygacha davom etadi.