Ta'lim sohasi tubdan yangilanayotgan O'zbekistonda ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarda, PISA, PIRLS, TIMSS va TALIS dasturlarida ishtirok etib, xalqaro reytinglarda yuqori o'ringa ega davlatlar tajribasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Bu borada Amerika Qo’shma Shtatlarida ham o'ziga xos tajriba shakllangan.
Xalqaro pedagogik tajribalarni o’rganishmaqsadida Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika kafedrasi tayanch doktoranti Munojat Sultonova Amerika Qo’shma Shtatlarining Viskonsin universitetida stajirovka o’tamoqda.
Qolaversa,Munojat Sultonova universitetning bakalavr yo'nalish talabalariga dars mashg'ulotlarini o'tdi hamda o'zi olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishi natijalarini professor-o'qituvchilar va talabalarga taqdimot ko'rinishida yetkazish imkoniyatiga ega bo'ldi.