Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA TEATR HAFTALIGI

08:56, 04.05.2023      

Farg’ona davlat universiteti talaba-yoshlari ma’naviyatini yuksaltirish, iqtidorlarini rivojlantirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan “Nilufar” talabalar teatr studiyasi faoliyati qizg’in davom etmoqda.

Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan targ’ibot rejasiga muvofiq, Farg’ona davlat universitetida e’lon qilingan “Teatr haftaligi” doirasida ko’plab sahna asarlari, komedik dramalar, kichik hikoyalar talabalar ijrosida namoyish etib kelinmoqda.

Kuni kecha universitetning Iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan “Ilon boshi” nomli sahna ko'rinishi yosh tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi.

Teatrda universitet jamoasi, Farg’ona viloyat hokimining o’rinbosari Jamshid Xatamov, viloyat musiqali drama teatri vakillari ishtirok etdilar.

Vatanga muhabbat tuyg’usi, to’g’ri yo’ldan adashish iztiroblari ifoda etilgan ushbu voqelik talabalarda kata qiziqish uyg’otdi.