Farg’ona davlavlat universitetida "Oʻzbekiston Qahramonlari" kitob-albomining taqdimoti oʻtkazildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan ushbu kitob-albomning taqdimotiga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, universitet rahbariyati, fargʻonalik Oʻzbekiston Qahramoni Ulugʻbek Umarov hamda talaba-yoshlar tashrif buyurdi.
Viloyat hokimi o‘rinbosari Fayzullo Qosimov, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov qahramonlarning hayoti yoshlar uchun katta ibrat maktabi ekanligini qayd etdi.
Fargʻonalik Qahramonlar haqidagi videolik namoyish etilib, talablar tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqishlar barchaga manzur boʻldi. Tadbir soʻngida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi tomonidan universitet rahbariyati va Oʻzbekiston Qahramoni Ulugʻbek Umarovga esdalik sovgʻalari topshirildi.