Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​"YANGI MEDIA TA’LIM MARKAZI" NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTI –FarDUda

09:47, 15.05.2023      

Ma'lumki, ushbu tashkilot hamda O'zbekistondagi AQSh Elchixonasi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda hududlardagi yoshlar, jurnalist va blogerlarning media va axborot savodxonligini oshirishga qaratilgan "O'zbekistonda yangi Ommaviy axborot vositalarining media va axborot savodxonligi sohasida salohiyatini oshirish, zamonaviy kontent tayyorlash va jurnalist surishtiruvi o'tkazish" nomli loyiha amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Filologiya fakulteti talabalari uchun xalqaro darajadagi media ekspertlar ishtirokida "Yoshlarda media va axborot savodxonligi ko'nikmalarini rivojlantirish" mavzusida mahorat darsi o'tkazildi.

Shu bilan birga, mashg'ulot yakunida mazkur tashkilot va universitet o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolanib, hamkorlik mustahkamlandi.