Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​TANQIDIY-TAHLIL

12:53, 17.05.2023      

Farg’ona davlat universitetining Tarix fakultetida jamoaning reyting ko'rsatkichlari, ilmiy salohiyatni oshirishmasalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda fakultet jamoasi, kafedralar mudirlari, professor-o'qituvchilar, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar, yosh ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Kun tartibida fakultetning ilmiy salohiyati, ilmiy daraja va unvonlar olish, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi Oliy ta’lim muassasalar bilan hamkorlik, iqtiboslik darajasi, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, monografiyalar, o'quv qo'llanmalar, darsliklar ko'lami, xorijiy o'qituvchilar va talabalarning jalb etilishi, akademik almashinuvlar doirasi, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar jamoa e'tiborida bo'ldi. Ushbu yo'nalish bo'yicha ko'rsatkichlar va natijalar - kafedralar kesimida alohida tahlil etildi.

O'zaro muloqot qismida jamoaning kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar, kelgusi rejalar belgilab olindi.

Kunning ikkinchi yarmida asosiy e'tibor talaba-yoshlar tarbiyasi, huquqbuzarlikni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlarni turli yot g'oyalar ta'siridan asrash masalasiga qaratildi va bu bo'yicha "talababay" kesimida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi.