Filologiya fakultetida ilmiy salohiyatni oshirish borasida olib borilayotgan ishlar natijadorligini o'rganish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda fakultet jamoasi, kafedralar mudirlari, professor-o'qituvchilar, ilmiy yo'nalish bo'yicha mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.
Kun tartibida ta'lim sifati, fakultetning ilmiy salohiyati, milliy va xalqaro reytingning yuqori pog'onalaridan o'rin egallash bo'yicha qilinayotgan ishlar, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, iqtiboslik, monografiyalar ko'lami, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar ishtirokchilar e'tiborida bo'ldi. Ushbu yo'nalish bo'yicha ko'rsatkichlar va natijalar - kafedralar kesimida alohida tahlil etildi.
O'zaro muloqot qismida jamoaning kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan taklif va muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar, kelgusi rejalar belgilab olindi.