Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK AXBOROT MARKAZI ISHCHI GURUHINING TARG’IBOT TADBIRI

18:12, 17.05.2023      

Bugungi kunda davlat ilmiy-tеxnikaviy axborot tizimini takomillashtirish yo'lida faol xizmat qilayotgan Respublika Ilmiy-tеxnik axborot markazi ishchi guruhi-mamlakat miqyosida Oliy ta’lim muassasalar laboratoriyalari jihozlarini o'rganish, texnotadbirkorlarga amaliy ko'mak berish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Mazkur guruh vakillari bugun Farg'ona davlat universitetida bo'ldilar. Universitet laboratoriyalari jihozlarini ko'zdan kechirgan vakillar jamoa uchun ochiq muloqot ham tashkil etdilar.

Muloqotda markazning missiyasi, maqsad va rejalari batafsil tushuntirildi, taqdimot, o'zaro savol-javoblar orqali ishtirokchilarga targ'ibot ishlari olib borildi.

Bunda so'z olgan ishchi guruh a'zolari markaz oldidagi asosiy vazifalarni alohida ta'kidlab o'tdilar.