Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​ULUG' SHOH VA BENAZIRSHOIR YODI

18:17, 17.05.2023      

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi "Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona davlat universitetining Filologiya fakultetida"Zahiriddin Muhammad Boburning jahon ilm-fani, madaniyati taraqqiyotidagi o'rni va ahamiyati" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda universitet rahbariyati, viloyat hokimligi vakillari, Respublikamizdagi nufuzli oliygohlardan tashrif buyurgan professor-o'qituvchilar, xalqaro doiradagi mehmonlar- Turkiyaning Karabuk Universiteti prorektori, professor- Mustafa Yashar boshchiligidagi Tojikiston, Ozarbayjon, Qozog'iston OTMlari vakillari hamda Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy merosini o'rganayotgan yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida mehmonlar universitet kampusi bilan tanishar ekanlar, "Qatag'on qurbonlari" muzeyida bo'ldilar.

Anjumanning ochilish qismida nutq so'zlaganlar -FarDUning bugungi kundagi samarali faoliyatiga, erishayotgan ilmiy natijalariga alohida to'xtalib o'tdilar.