Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​“ONALARGA EHTIROM”

14:39, 18.05.2023      

“15-May Xalqaro oila kuni” hamda Farg‘ona viloyati hokimining 2021 yil 28 apreldagi “Farg‘ona viloyatida “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 168-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqasadidaFarg‘ona davlat universitetida “Bu mening onam” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Farg‘ona shahar hokimligida tashkil etilgan “Oqila ayollar” harakati a’zosilari,universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari, talabalarningonalari va talabalar-yoshlar ishtirok etdilar.

Anjumanda oliygohning Yoshlar masalalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha prorektori - Z.A.Rahimov, Gender tengligi tadqiqotlar markazi rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor - T.Egamberdiyeva, “Oqila ayollar” harakati a’zosi - D.G‘ofurova so’zga chiqib, jamiyatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar bilan birga ularga bo’lgan hurmat, ehtirom va e’tibor haqida iliq so’zlarni aytib o’tdilar.

Shuningdek, tadbirda onalarni madh etuvchi she’r va kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Tadbirga taklif etilgan onalarga ehtirom ko‘rsatildi.