Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“OGOHLIK – XAVFSIZ HAYOT KAFOLATI”

15:01, 18.05.2023      

Ma’lumki, viloyatimizda aholini va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar hamkorligida uyushqoqlik bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Bu kabi tadbirlar targ’iboti Farg’ona davlat universitetida hamkeng olib boriloqda. Xususan, Chet tillari fakultetiga Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fargʻona shahar boʻlinmasi tashrif buyurdi.

Tashrifdan koʻzlangan maqsad profilaktik chora tadbirlar, yongʻin xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish, turli mudhish hodisalarni oldini olish hamda favqulotda vaziyat holatlarida qanday harakat qilish usullarini talabalarga oʻrgatishdan iborat bo'ldi.

Soha vakillari tomonidan fakultet talabalariga is gazidan zaharlanish, isitish tizimlaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida kelib chiqadigan turli xil mudhish hodisalar boʻlganida, nimalar qilish kerakligi tezkor guruh tomonidan amaliy mashgʻulot jarayonlarini koʻrsatib berildi.