Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 345
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 260
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

​Yengil atletika bo‘yicha “Universiada – 2023” sport musobaqalari g‘oliblari aniqlandi

11:57, 19.05.2023      

Joriy yil 16–17-may kunlari Farg‘ona shahrida talabalar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha “Universiada – 2023” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘yinlarda o‘z kuch va shijoatini namoyon etgan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari katta qiziqish bilan ishtirok etdilar.

Kuni kecha mazkur musobaqa o‘z yakuniga yetib, g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda g‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli tashkilotlarning qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

O‘yinlarning yengil atletika sport turi bo‘yicha respublika final bosqichi natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida:

Toshkent viloyati – 280 ochko bilan 1-o‘rin;

Buxoro viloyati – 269 ochko bilan 2-o‘rin;

Qashqadaryo viloyati – 252 ochko bilan 3-o‘rinni egalladi.