Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​REKTOR UCHRASHUVI

12:10, 19.05.2023      

Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv kun tartibidan talabalarning ta'lim sifati, ma'naviy rivojlanishi, tarbiyasi, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha qilinayotgan ishlar, "talababay" ishlash tizimi kabi asosiy masalalar o'rin oldi.

Shuningdek, fakultet jamoasining ilmiy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar: milliy va xalqaro reytingning yuqori pog'onalaridan o'rin egallashga bo'lgan harakat, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, iqtiboslik, monografiyalar, uslubiy qo'llanmalar, yozilayotgan darsliklar ko'lami, "ustoz-shogird"tarzida yoshlarning ilmiy faoliyatga jalb etilishi kabi muhim masalalar - kafedralar kesimida chuqur muhokama etildi.