Farg’ona davlat universitetining Sirtqi ta’lim bo'limi hamda kechki ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalari uchun bugun "Rektor va yoshlar" ochiq muloqoti bo'lib o'tdi.
Muloqot avvalida rektor tomonidan Muhtaram Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan yuksak mehr-e’tibori, ayniqsa, so’nggi yillarda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar - Farg'ona davlat universiteti misolida talabalarga keng yoritib berildi.
Shuningdek, muloqot davomida talabalarga o'quv dargohiga hurmat, professor-o’qituvchilarga sadoqat, mamlakat ravnaqi, yurt tinchligi, millat taraqqiyoti yo'lida birlashish mohiyati tushuntirib o’tildi.
Samimiy va jonli o'tgan suhbatlarda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan turli mavzudagi savollarga javob olish bilan birga, universitet rektoriga o’z taklif va muammolari bilan to'g'ridan to'g'ri murojaat qildilar. Uchrashuvning o'zida talabalar murojaatlari qaydnomasi shakllantirilib, ijroga yo'naltirildi.