Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 425
  • Ko`rib chiqilganlar 391
    • Takliflar 57
    • Arizalar 327
    • Shikoyatlar 41
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

"MENING YIGIT VAQTIM, SENING QIZ VAQTING, ..."

16:02, 19.05.2023      

Tug'ishganidek yaqin, o'zgacha qadr va qimmatiga ega bo'lgan qoraqalpoq millati xalqimiz tarixida muhim ahamiyatga ega. Ikki qardosh bir tanu bir jon bo'lib, bordi-keldi, quda-andachilik aloqalarini bog'langanlar. Shu bois, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, orzu-istaklari ongi-shuuriga singib ketgan bu ikki xalq oradan necha asrlar o'tsada, totuvlik bilan bir-birini ardoqlab kelmoqda.

Filologiya fakultetining talaba-yoshlari ishtirokida Qoraqalpoq va o'zbek adabiyotining yorqin vakili, qoraqalpoq farzandi, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Ibroyim Yusupov tavalludining 94 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkillash maqsadida "Matonat" nomli sahna ko'rinishi namoyish etildi.