Xalqimizning miisiqa boyliklari juda ko‘pqirrali, sermazmun va rang-barangdir. Ohangdor ajoyib kuylarimiz va folklor namunalari kishiga quvonch, xursandchilik bag‘ishlaydi, og‘ir damlami yengil qiladi. U insonni oliyjanob fazilatlari, his va tuyg‘ularini ifodalab beruvchi kuchga egadir.
Talaba-yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash, ularni iqtidorlarini nayonetish hamda o’zbek milliy folklorini keng targ’ib etish maqsadida Farg‘ona davlat universiteti "Maqom, lapar, o‘lan va askiya aytishuvlari" tanlovining universitet bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlov natijalariga ko’ra, Agrar qo‘shma fakultetining ikkinchi bosqich, 21.64-guruh talabasi Murodov Abdulhamid maqom yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni hamda Marufjonov Javohir, Sultonov Axrorbek, Yo‘lchiyev Sherzodbeklar askiya yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.